"Atletiko"ning 20 yoshli futbolchisi "Real"ga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 14.04.2020 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropaning bir qator grandlari "Atletiko" Madrid himoyachisi Rodrigo Rikelmening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini "Ayaks", "Real", "Valensiya", "Betis", PSV va "Reyndjers" klublari jiddiy kuzatib kelishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Rikelmening “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Rodrigo Rikelme ayni damda “Atletiko”ning o‘rinbosarlar jamoasida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!