
“Atletiko”ning yozgi transferlardagi asosiy “nishoni” aniq
Madridning “Atletiko” klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida kimni sotib olishga urinishini ma’lum qildi.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” mavsumlar oralig‘ida “Shalke” yarim himoyachisi Maks Mayerni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Aytish lozimki, 22 yoshli nemis futbolchisi Madrid klubiga tekinga tushishi mumkin. Boisi uning gelzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Mayer joriy mavsum “Shalke” safida jami 26ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar