Avjidasan Karim, avjida! "Real"dan super kambek

  • 18 aprel, 2022, 01:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Real" Madrid bahsida mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi

Dastlab, birinchi bo‘limda andalusiyaliklar Rakitich hamda Lamelaning gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Ikkinchi taym avvalida zaxiradan maydonga tushgan Rodrigo farqni qisqartirdi. 82-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda yana bir zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi Nacho muvozanatni tikladi. Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Benzema jamoasini oldinga olib chiqdi. 

Shunday qilib, "qirollik klubi" hisobidagi ochkolari sonini 75 taga etkazib oldi. Ayni damda ular Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 60 ochkosi bor Lopotegi shogirdlari 3-o‘rindan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!