Avstraliyalik murabbiy "Lokomotiv"ga qaytdi

  • 08.08.2022 16:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uzoq yillar davomida "Lokomotiv"da faoliyat olib borgan avstraliyalik mutaxassis Mirko Elichich poytaxt klubiga qaytdi.

2016-2019-yillar mobaynida klubda faoliyat olib borib, ketma-ket chempionlik va sovrinlarning qo‘lga kiritilishida Mirko Elichichning xizmati beqiyos bo‘lgandi.

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan "Lokomotiv" futbol klubi ikkinchi davradan e’tiboran Mirko Elichichni jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida qaytganini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda Mirkoga omad va zafarlar, jamoamiz bilan ko‘plab g‘alabalar tilab qolamiz.



                                                                                                   "Lokomotiv" matbuot xizmati 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!