Avvalgi Arman Tsarukyan endi yo‘q, Islom Maxachevga oson bo‘lmaydi

  • 2 dekabr, 2024, 15:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazndagi UFC jangchisi Arman Tsarukyan (22-3) Islom Maxachev (26-1) bilan o‘tkazgan birinchi qarama-qarshilikdan keyin qay darajada o‘zgarganini aytdi.

“Bunga deyarli olti yil bo‘ldi. O‘shanda men ancha yosh edim. Shuningdek, UFC dagi birinchi jangim edi. Hozir esa tajribam bor, har jihatdan o‘sishga erishdim. "Borba" va "stoyka"da kurash olib borishim  yaxshilandi. Ayni paytda oktagonda o‘zimni juda hotirjam his qilaman va mutlaqo hayajonlanmayman”, -  dedi Arman.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil o‘tkazilgan Maxachev va Tsarukyan o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda dog‘istonlik jangchi hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!