"Ayaks" futbolchisi "Chelsi" qiziqishlari doirasiga kirdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Ayaks" yarim himoyachisi Xakim Zieshni o‘z tarkibiga olib kelish haqida o‘ylamoqda.
ESPN nashri xabariga ko‘ra, londonliklar ustozi ushbu transferni keyingi yoz uchun rejalariga kiritib qo‘ydi. Oldinroq, Lempard "Lester" himoyachisi Ben Chiluell xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
Joriy mavsumda marokashlik futbolchi amsterdamliklar libosida Gollandiya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va 11 ta gollik uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar