"Ayaks"ning yana bir futbolchisi grand klubga o‘tishi mumkin

  • 3 may, 2019, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning "Ayaks" klubi xavbeki Donni van de Bek yana bir Evropa grandining e’tiboriga tushdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli gollandiyalik futbolchini "Real" o‘z safida ko‘rmoqchi. Gap shundaki, agar madridliklar "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olisholmasa, aynan van de Bek bilan muzokaralarni boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq van de Bekga "Milan" va "Roma" kabi A Seriya grandlari ham qiziqib qolishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, van de Bek joriy mavsum “Ayaks” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!