
"Ayntraxt" Kolo Muaniga narx belgiladi
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi PSJ da’vogarlik qilayotgan hujumchi Randal Kolo Muanini yozda qo‘yib yuborishga tayyor. "Sports Zone" nashri xabariga ko‘ra, "burgutlar" futbolchi uchun 100 million evro talab qilmoqda.
PSJ va "Ayntraxt" tez orada tovon puli borasida kelishib olish uchun muzokaralarning yangi bosqichini boshlamoqchi. Frankfurt klubi Kolo-Muanini 90 million evroga qo‘yib yuborib, biroq parijliklar kelajakda 10 million evro bonuslar ham to‘lash sharti bilan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi "Transfermarkt" portali tomonidan 80 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar