"Ayntraxt" o‘z futbolchisi uchun kamida 80 million evro so‘ramoqda

  • 15 aprel, 16:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing "Ayntraxt" klubi o‘z futbolchisi Xugo Ekitike uchun eng kamida 80 million evro so‘ramoqda, deya xabar bermoqda "Bild" nashri. 
 
Ekitike "Ayntraxt Frankfurt" jamoasi safida Evropa ligasida "Tottenxem" darvozasiga urgan goli bilan butun Evropani hayratga soldi. Bu holat esa top klublarining skautlari e’tiborini tortdi. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyatdan so‘ng koplab grand klublar futbolchi uchun qiziqishni yana oshirishdi. Buni bilgan germaniyaliklar o‘yinchini eng kamida 80 million evro sotishlarini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, hozirda Londonning "Tottenxem" va "Arsenal" klublari forvard uchun asosiy da’vogar hisoblanishmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz. 22 yoshli hujumchi joriy mavsum 42 ta bellashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!