Ayol hakamimiz U-20 Osiyo kubogidagi birinchi o‘yinni boshqarib boradi
Xabaringiz bor, 1—18 aprel kunlari Tailandda qizlar oʻrtasida U-20 Osiyo kubogi boʻlib oʻtadi. Unda Gulshoda Saitqulova 2 aprel kuni boʻlib oʻtadigan Avstraliya — Xitoy Taypey terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda bosh hakam sifatida ishlaydi.
Shuningdek, bugun boʻlib oʻtadigan Rossiya — Mali terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik bahsida oʻzbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.
Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida ishlasa, unga Sanjar Shoyusupov hamda Akmal Gʻiyosov yordam beradi.

Fikrlar