Ayollar futboli. 1-liga bahslari start oldi

  • 14 iyun, 2019, 21:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston Kubogiga ham qur’a tashlandi. Unda oliy liganing 15ta va 1-liganing bitta jamoasi nimchorak final o‘yinlaridan bahslarga kirishishi ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatining Qibray shaharchasida joylashgan shu nomdagi stadionda esa qizlar o‘rtasida 1-liga musobaqalari start oldi va birinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

1-turni AGMK-2 jamoasi qizlari yuqori kayfiyatda o‘tkaza oldi va yakunda peshqadamga aylandi.

1-liga. 1-tur. 12-14 iyun. “Qibray” sport majmuasi.

Ishtirokchilar: “Xorazm” (Urganch), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “Kimyogar” (Chirchiq).

Qayd etilgan natijalar:

12 iyun 

“Xorazm” - “Sevinch-2” - 5:2

“Kimyogar” - AGMK-2 -  -:+

13 iyun

“Xorazm” - “Kimyogar” – 4:1

AGMK-2” - “Sevinch-2” – 4:0

14 iyun

“Sevinch-2” -  “Kimyogar”– 3:0

“Xorazm” - AGMK-2 – 0:4


Shu tariqa 1-turdan keyingi AGMK-2 jamoasi yuz foizli natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Xorazm” 6 ochko bilan ikkinchi, “Sevinch-2” esa uch ochko bilan uchinchi o‘rinni band etyapti. “Kimyogar” jamoasida hali ochko yo‘q. 

Navbatdagi 2-tur o‘yinlari avgust oyiga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!