
Ayollar futboli. Birinchi ligada 6 jamoa ishtirok etadi
Shu bilan bir qatorda taqvimdan ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Birinchiligi bahslari ham o‘rin olgan. Ayollar futbol jamoalari o‘rtasidagi Birinchilik bahslari nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, hisob bo‘yicha O‘zbekiston IX milliy birinchiligining 1-turi 11-16 iyun kunlari Qibrayda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Unda “Xorazm” (Urganch), “Sherdor-W” (Samarqand), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “So‘g‘diyona-2” (Jizzax) hamda BO‘SM-1 (Namangan) jamoalari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mos ravishda 2-tur uchrashuvlari avgust, 3-tur sentyabr hamda 4-tur oktyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Fikrlar