Azamat Nuftillaev Frantsiya promousheni bilan shartnoma imzoladi

  • 01.03.2022 14:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekiston MMA olamida "Ajdar" nomi bilan tanilgan, og‘ir vazn (120 kg) toifasi vakillaridan biri Azamat Nuftillaev (12-0-1) yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi. 

Ya’ni, Azamat Nuftillaev endi Frantsiyaning "Ares Fighting" promoushenida o‘z janglarini o‘tkazadi. Hamyurtimiz ushbu frantsuz promousheni bilan 4 ta jangga shartnoma imzolagan. 

Bu haqida sportchi o‘zining “Instagram” sahifasida ma’lum qildi. Hamyurtimiz promoushendagi debyut jangini 10 mart kuni o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Azamat Nuftillaev so‘ngi jangini 19 fevral kuni ukrainalik Yuriy Protsenkoga (20-13 -1) qarshi o‘tkazib, durang qayd etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!