
Azamat Nuftillaev jahonning nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi!
Yurtimiz MMA olamida o‘z nomiga ega bo‘lgan, og‘ir vazn toifasidagi taniqli vakillarimizdan biri Azamat Nuftillaev jahonning nufuzli promoushenlari safiga kiruvchi, Singapurning ONE Championship bilan shartnoma imzoladi.
Biz sportchimizning mazkur voqeylikka oid fikrlari bilan qiziqdik...
- Menga ancha avval taklif bilan chiqishgandi. Shartnoma imzolash shu kunga belgilangan ekan. 6 ta jangga shartnoma bo‘ldi. Debyutim sentyabr oyiga to‘g‘ri kelsa kerak.
Xursandchilik ila aytish mumkinki, "ONE Championship" promoushenida asta-sekin o‘zbekistonlik sportchilar soni oshib bormoqdda. Avvalroq, yana bir og‘ir vaznli sportchimiz Jasur Mirzamuhammedov ham ushbu promoushen bilan shartnoma imzolab, debyut jangida g‘alaba ham qozonishga ulgurgandi.
O‘ylaymizki, "Ajdar" nomi bilan mashhur jangchimiz Azamat Nuftillaev ham bu promoushenda muvaffaqiyat qozonadi. bu borada unga omad tilaymiz!
Fikrlar