Azarni xoinlikda ayblashyapti
“Real”da o‘zini ko‘rsata olmayotgan Eden Azarga “Arsenal” xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Unga ko‘ra, “kanonirlar” futbolchining agentlari bilan bo‘lajak transfer bo‘yicha muzokara boshlab yuborgan.
Bu xabar “Arsenal”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Chelsi” muxlislarini junbushga keltirdi. Ular agar Azar Mikel Arteta taklifini qabul qilsa, xoin bo‘lishini uqtirmoqda.
Ma’lumki, Azar “Real”ga kelgunga qadar “Chelsi”ning asosiy yulduzlaridan bo‘lgan. “Aristokratlar” hamon uni ortga qaytishini istaydi. Biroq, klubga qo‘yilgan ta’qiq bu transferga imkon bermayapti.
Azarning o‘zi anchadan beri “Real”da qolishni istayotganini aytib kelmoqda. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti esa, unga kelasi mavsum suyanmasligini bildirgan.

Fikrlar