Azar Angliyaga qaytadi

  • 26 sentabr, 2021, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘z mahoratini ko‘rsata olmagan Eden Azar yana Angliyaga qaytib borishi kutilmoqda. Belgiyalik hujumkor futbolchi xizmatlariga “Arsenal” ehtiyoj sezmoqda.

Tecno

“Kanonirlar” 30 yoshli futbolchini ijaraga olish yoki uning transferini to‘liq sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda va har ikki usul ham ularni qoniqtiradi.

Azar Madridga kelganidan beri juda ko‘p jarohat oldi va ispan futboliga moslasha olmadi. Qimmatbaho o‘yinchining transfer summasi ham sezilarli darajada pasayib ketgan. Bir paytlar “Chelsi”da porlagan o‘yinchini hozir 40 million evroga qo‘lga kiritish mumkin.

Azarning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmida yakunlanadi. “Real” ham uning ketishiga qarshilik qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!