
Azar bo‘lajak o‘yinda "Real"ga yordam berolmasligi mumkin
"Real" Madrid klubi vingeri Eden Azar La Liganing 35-turidan o‘rin olgan "Alaves"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi hamon so‘roq ostida turibdi.
Bundan avvalroq, belgiyalik futbolchi to‘pig‘idan jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. Ammo, Marca nashrining yozishicha, Azar bugun umumiy guruhda shug‘ullangan va bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgan. Uning “Alaves”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ertaga hal bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum La Ligada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar