
Azar: Bu gaplar yolg‘on
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Madrid klubidagi o‘rni haqida gapirdi. U muxlislarni Ispaniya poytaxtida baxtli ekaniga ishontirdi.
"Men "Real"da biror narsadan norozi bo‘lganim haqidagi xabarlar yolg‘on. Men bu erda juda baxtliman, hozir esa ko‘proq o‘ynashni va gol urishni xohlayman. Lekin men Madridda baxtliman, menga bu erda yashash yoqadi. Ishonchim komilki, men hali ham jamoaga ko‘p narsani bera olaman”, - dedi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Azar “Real”ga 2019 yilda 115 million evroga "Chelsi"dan ko‘chib o‘tgan edi.
Azar joriy mavsumda uchta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar