Azar endi qachon safga qaytadi?
"Real" yarim himoyachisi Eden Azarning jarohati bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli belgiyalik futbolchi bel muskullari bilan bog‘liq jarohat tufayli yana bir oy maydonga tusholmaydigan bo‘ldi. U 11 aprel kuni "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Azar "Real"ga kelganidan buyon 10 marta jarohat oldi va 320 kunni davolanish bilan o‘tkazdi.



Fikrlar