
Azar Evropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar Evropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli belgiyalik futbolchi "Arsenal"ga (4:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, da’vogarlar ro‘yxatida shuningdek "Chelsi"ning boshqa bir futbolchilari – Emerson, Pedro va Olive Jirular ham bor edi.
Fikrlar