
Azar ishonchni to‘liq yo‘qotdi
“Real” rahbariyati va murabbiylar shtabi 31 yoshli hujumkor futbolchi Eden Azardan umuman qoniqmayapti, deb xabar berdi Marca nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, klubdagilar belgiyalik o‘yinchining yulduzli onlari ortda qolgan va endi u hech qachon yuqor formaga qayta olmaydi, degan xulosaga kelgan.
“Real” vakillari Azarning jamoada qolish istagini qadrlaydi. Biroq, yozda uni sotib yuborishning imkoni bo‘lmadi. Belgiyalik yulduz bo‘yicha birorta taklif kelib tushmagan.
“Qirollik klubi” 2019 yili Azar uchun “Chelsi”ga 115 million evro to‘lagan. Shundan beri o‘yinchi o‘zini ko‘rsata olmaydi. Eden juda ko‘p jarohat olyapti va ispan futboliga umuman moslasha olmadi.
Natijada shu paytga qadar atigi 68 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol urdi va o‘nta assist qayd etdi xolos.
Fikrlar