Azar: "Liverpul"ni shanba kuni ham mag‘lub etishga harakat qilamiz
Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azar kecha Angliya liga kubogining 1/16 final bosqichida “Liverpul” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugungi natija bizga o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi. “Liverpul” bilan oldindagi bo‘lajak o‘yin juda muhim. Biz ularni shanba kuni ham mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar 29 sentyabr kuni APLning 7-turi doirasida yana to‘qnash kelishadi. “Stemford Brij”da bo‘ladigan “Chelsi” – “Liverpul” qarama-qarshiligi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Fikrlar