Azar Madriddan o‘ziga uy qidirmoqda
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar "Real" Madridga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli belgiyalik futbolchi yaqin orada Ispaniya poytaxtiga kelib, u erdan o‘ziga uy qidirishni rejalashtirgan. Ma’lumotlarga qaraganda Azar va “qirollik klubi” o‘rtasidagi kelishuv yaqin kunlar ichida e’lon qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Azar “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u “aristokratlar” tarkibida jami 341ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 106ta gol hamda 87ta asisst yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 150 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar