Azar qaerda o‘ynashini aytdi

  • 26 mart, 2022, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumkor futbolchisi Eden Azar  madridliklar safini tark etishni istamayapti. Belgiyalik o‘yinchi shartnomasi yakunlanguncha, ya’ni 2024 yilning yozigacha “Qirollik klubi”da qolmoqchi.

Tecno

Madridliklar esa, yozda jamoani tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Edenni ham kiritgan. Ular bu o‘yinchini imkon bo‘lsa sotib yubormoqchi. Ijaraga berish varianti ham klubni qoniqtiradi.

Azarning o‘zi asosiy tarkibga kirish uchun mashg‘ulotlarda ter to‘kib shug‘ullanmoqda. Biroq, bosh murabbiy Karlo Anchelotti unga imkon bermoqchi emas.

Ashar joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda qatnashib, jami 877 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt ichida u bitta gol urib, ikkita golli pas oshirdi. Tabiiyki, bu ko‘rsatkich katta maosh oladigan o‘yinchi uchun ancha past hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!