
Azar endi porlay olmasligini tan oldi
“Real” va Belgiya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Eden Azar bundan buyon o‘zining avvalgi darajasiga ko‘tarila olmasligini tan oldi.
Azar “Chelsi”da o‘ynagan davrida Evropaning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblanardi. 2018 yili “Real” uni jamoadan ketgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosish uchun 115 million evroga xarid qilgan.
Madridga kelganidan beri belgiyalik futbolchi juda ko‘p jarohat oldi. Natijada ispan futboliga moslaga olmadi.
- Men endi 2018 yilda ko‘rsatgan o‘yinimni takrorlay olmayman, o‘sha darajamga qaytolmayman. Men ham ruhan, ham jismonan mashaqqat chekdim. Buni tan olishdan uyalmayman.
2018 yilda men dunyoning eng zo‘r o‘n futbolchisidan biri edim, - dedi Eden Azar.
Azar “Qirollik klubi” safida jami 72 marta maydonga tushib, ettita gol va 11 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar