Azar sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Real" Madrid yarim himoyachisi Eden Azar ilk professional faoliyatini boshlagan sobiq jamoasi "Lill"ga qaytishi mumkin.
“Azarning qaytishini imkonsiz narsa deb aytmagan bo‘lardim. Agar kerak bo‘lsa, men muzokaralar o‘tkazish uchun Ispaniyaga boraman. Eden yuqori salohiyatga ega ajoyib futbolchi, ammo u hozir “Real”da o‘ynayapti”, - dedi klub prezidenti Olive Letan Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli belgiyalik futbolchi 2005 yildan 2012 yilgacha “Lill” safida to‘p surgan, shundan so‘ng “Chelsi”ga yo‘l olgan.
Azarning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 golga assistentlik qildi.



Fikrlar