Azar tez orada muhim qarorni e’lon qilmoqchi

  • 3 dekabr, 2022, 16:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid vingeri Eden Azar Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.

Tecno

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u ketish haqida o‘ylamoqda. Futbolchi hali aniq bir qarorga kelmagan, ammo vaziyatni o‘zi ishongan insonlar bilan birga muhokama qilmoqchi.

Uning fikriga "qizil iblislar"ning Jahon chempionati pley-offiga chiqa olmagani ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Azarning jismoniy holati ham u qadar yaxshimas. 

31 yoshli Eden Belgiya terma jamoasi libosida 126 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 gol va 36 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!