Azarni bunaqa pulga sotmaymiz!

  • 12 dekabr, 2021, 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Vest Xem” mutasaddilari belgiyalik hujumkor futbolchi Eden Azarni so‘rab, “Real”ga murojaat qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar bu o‘yinchi uchun 25 million evro taklif qilgan. Biroq, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresni bu summa qoniqtirmadi.

Manbalarning xabar berishicha, madridliklar Azarni 50 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi.

“Real” belgiyalik futbolchini 2 019 yili 115 million evro evaziga transfer qilgan edi. Shuningdek, Azar Frantsiya chempionatida “Lill” sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
12/12/2021 19:15
Wu angliyaga ketieikerak buyaqa uyni chiqmaydi travmalar oladi
Sattorov Xayriddin
12/12/2021 19:14
Ispaniyaga kelib uyni chiqmadi bolani
Sattorov Xayriddin
12/12/2021 19:13
Yoki qiladi yoki uyni chiqmaydi ikkalasidan biri
Sattorov Xayriddin
12/12/2021 19:12
Endi Florintina perez uzlari biladida biznig fikirmizcha yoki azarni uzi biladi???