Azarning otasi o‘g‘lining o‘rniga "Real" bilan muzokaralar olib borgan

  • 25 iyun, 2018, 15:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini Madridning "Real" klubida davom etirishni xohlayapti.

Marca nashrining xabar berishicha, futbolchining otasi Terri Azar Evropa chempionlar ligasi final uchrashuvidan bir necha kun oldin "Real" rahbariyati bilan ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Terrining ta’kidlashicha, 120 million evro evaziga baholangan Eden londonliklar safini tark etishni xohlayapti. Bunga sabab, "Chelsi" keyingi mavsum EChLda ishtirok etolmasligi bo‘ldi.

Zinedin Zidanning iste’fosiga qaramay, "qirollik klubi" Eden Azarga katta qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!