
Azim Ahmedov bir qarorga keldi!
Qishki selektsiyada tarkibini kuchaytirishda davom etayotgan “Navbahor” klubi o‘zining etakchilarini ham saqlab qolishni uddalayapti.
Jumladan, Namangan futboli tarbiyalanuvchisi, “Navbahor” klubining sardori Azim Ahmedovning shartnomasi yakuniga etgandi. Futbolchining oldida takliflar ko‘p bo‘lsa-da, bir qarorga keldi. Kecha klub u bilan yangi kelishuvga erishdi.
“Bir necha yillardan buyon sardor sifatida “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga katta ulush qo‘shib kelayotgan yarim himoyachi Azimjon Ahmedov 2022 yilni ham “lochinlar” safida o‘tkazadi. U bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
Ma’lumot uchun, Azimjon Ahmedov Coca Cola Superliga 2021 yilgi mavsumida 24 o‘yinda maydonga tushib, 2105 daqiqa to‘p tepdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi”, - deya bu xususida xabar berdi, “Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar