
Azim Ahmedov: "Buxoro"ga qarshi o‘yinda duranglar seriyasiga chek qo‘yamiz degan umiddaman
Xabaringiz bor Superliganing 12-turi doirasida “Navbahor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan "lochinlar"ning tajribali yarim himoyachisi Azim Ahmedov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bizni oldinda “Buxoro”ga qarshi kechadigan juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Shu bois, bo‘lajak bahsga qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Garchi yaxshi o‘yin namoyish etayotgan bo‘lsak-da, so‘nggi bahslarda omadimiz kelmay, g‘alaba qozona olmayapmiz. Ayniqsa, Olmaliqdagi uchrashuvda tayyor yutuqni qo‘ldan boy berganimiz alamli bo‘ldi va ushbu natija bois, jamoamiz muxlislarini ranjitib qo‘ydik.
Ta’kidlash joizki, “Navbahor”ning ishqibozlari O‘zbekistonda yagona hamda biz doimo ularga quvonch ulashish maqsadida maydonga tushamiz.
Xudo xohlasa, buxoroliklar bilan bo‘ladigan bahsda AGMKga qarshi kechgan o‘yinda jiddiy jarohat olgan jamoadoshimiz Abdujamol Isroilov, shuningdek, bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan muxlislarimiz uchun maydonga faqat g‘alaba ilinjida tushib, ishqibozlarning stadiondan uylariga xursand holda qaytishlari uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.
“Buxoro”ga qarshi kechadigan uchrashuvda nihoyat, duranglar seriyasiga chek qo‘yib, g‘alabali odimni boshlaymiz, degan umiddaman.
Faqat buning uchun muxlislar ushbu o‘yinda jamoamizni munosib qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani. Biz ularning yuzlariga tabassum hadya etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar
Суперлиганинг 11-турида АГМК майдонида ўтган оғир учрашувнинг дастлабки дақиқаларида жарохат олиб маълум муддатга сафдан чиққан “Навбаҳор” ярим ҳимоячиси Абдужамол Исроилов айни пайтда шифохонада даволанмоқда. Биз Абдужамол билан боғланганимизда футболчимиз қуйидаги сўзлар билан қисқача фикрларини айтиб ўтди:
- “Барча наманганлик мухлисларга катта раҳмат. Жуда кўпчилик мухлислар ҳар куни мен билан боғланиб ҳол аҳвол сўраб туришибди. Клубдан ҳам ҳар куни қўнғироқ бўлмоқда ва нима хизмат дея доим алоқада бўлиб туришибди. Раҳбарият ҳамма шароитни яратиб бермоқда. Отам ҳам бундай юксак эътибор бўлаётгани учун хурсанд бўлдилар. Ғалабалар ҳали олдинда. Отам ҳамда ўзимни номимдан қўллаб-қувватлаб турганларга раҳмат айтиб қоламан. Наманган халқига миннатдорчилик билдираман”. - дейди Абдужамол Исроилов.
P.S Наманган халқи ва “Навбаҳор” мухлислари сен билан Абдужамол!
???? «Навбаҳор» ҳақида кўпроқ янгиликлар ????
https://t.me/joinchat/AAAAAEqhc-15_d9hX-6kJg
Азиз сан далбаёбмисан дийман АГМК саллардан яхши уйнадику сан хам Алкаш Мураббийга ухшаб ёлгонди кийворяпсан
Х.Хамидов: Уйин жуда екди АГМК маглубиятга хос уйин килмади аксинча Олмалик бугун галабага хакли эди