
Azim Ahmedov: Legionerlar va mahalliy futbolchilar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqani haqidagi xabarlar yolg‘on
So‘nggi paytlarda muxlislar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda "Navbahor" jamoasiga oid turli fikrlar yangramoqda. Jamoa ahil emasligi hamda mahalliy va legioner futbolchilar o‘rtasida bo‘linish bor ekanligi iddao qilingan ushbu xabarlar haqiqatga mos emas, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Ushbu gap-so‘zlarga “lochinlar”ning tajribali futbolchisi Azimjon Ahmedov o‘z fikrlarini bildirib, jumladan, shunday dedi:
"Muxlislar orasidagi va ijtimoiy tarmoqlardagi jamoamiz borasidagi gap-so‘zlarning bari asossiz. Bizning, ya’ni mahalliy futbolchilarning legionerlar bilan munosabatimiz a’lo darajada. “Navbahor”da hech qanday bo‘linish yo‘q va jamoamiz ahil-inoq.
Buning isboti sifatida muxlislar bizning o‘yinlarni tomosha qilishsin. Muxlislardan iltimos, bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turishsin. Biz esa doimo ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz", - deb Ahmedovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar
Факат Кончелискис жалко кетди-да.
ОМАД НАВБАХОРГА !!!