Azim Ahmedovning "Navbahor" klubi muxlislariga murojaati

  • 27 sentabr, 2019, 22:48
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliga 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. "Lochinlar"ning tajribali yarim himoyachisi Azim Ahmedov bo‘lajak uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Mashg‘ulotlarda barchamiz faol ishtirok etyapmiz. Murabbiylar shtabi har bir raqibning o‘yin uslubiga qarab, shunga mos ravishda taktika tanlashadi. Demak, mashg‘ulotlar ham shunga yarasha o‘tkazilmoqda.

Bo‘lajak raqib - “Dinamo” garchi bu yil Superliga ishtirokchisiga aylangan bo‘lsa-da, 1-davra bahslarida ajoyib o‘yini va natijalari bilan barchani ajablantirgandi. Ammo negadir 2-davra bahslarida samarqandliklarning omadi kelmay, mag‘lubiyatlar girdobidan chiqolmayapti hamda ayni paytda turnir jadvalining quyi pog‘onasida bormoqda. Biroq raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar, xotirjamlikka berilish yaramaydi va joriy mavsumda Superligada har bir o‘yin qiyin kechmoqda. Shu bois, mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kyapmiz.

Bundan tashqari, “Dinamo” Namanganga yangi murabbiy Tachmurat Agamurodov boshchiligida keladi hamda uning debyuti muvaffaqiyatli chiqishi uchun samarqandliklar maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishadi.

O‘z navbatida biz – futbolchilar ham o‘z maydonimizda, muxlislar ko‘z o‘ngida zafar quchish uchun astoydil harakat qilamiz. Chunki ishqibozlar ham jamoamizning Namangandagi g‘alabasini sog‘inib qolishdi va “Navbahor”dan bo‘lajak bahsda yutuq kutishmoqda. Muxlislarning ishonchlarini oqlash, zafar quchish uchun barchamiz maydonda astoydil ter to‘kamiz. Ishqibozlardan esa bizni bo‘lajak o‘yinda munosib qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolam, - dedi Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
28/09/2019 02:11
Мухлисларни футболга жалб килиш у/н мурожатлар, турли хил тадбирлар,(текин чипта) сохта лотерия уйинлари каби ишларни ташкил килиш Наманганликларга ярашмаслигини Азимжон кайердан хам билсин.
Айбга буюмайсиз у узок вакт бошка клуб сафида туп сурган-да.
&
Фан
28/09/2019 01:42
Навбахор мухлислари футболни хар доим ва хар куни согиниб яшашлари хаммамизга кундек равшан, менимча улар хеч кандай мурожат, хеч кандай таргибот, хеч кандай тадбирларсиз шундок хам муносиб даражада уз жамоаларини куллаган, кулламокда ва куллашда шубхасиз давом этишади.
Футболчиларга бундан ортик яна нима керак, шундай мухлислар у/н уйнаш , уйнаш ва яна уйнаш керак.
&
ахмад49
28/09/2019 08:39
Азим Ахмедовнинг бу чикишини хеч ким тушунмади,нима бу пиарми,бу мурожатни клуб президенти ёки жамоа сардори ёзса ярашар эди,Азим дегани узи акаси Одилнинг ёрдами билан уйнаб юрган урта мёнадан хам паст уйинчи, ха майли узини бир курсатмокчи булибдида,эътибор берманг,бизда хар хил одамлар борда.
&
ахмад49
28/09/2019 08:39
Азим Ахмедовнинг бу чикишини хеч ким тушунмади,нима бу пиарми,бу мурожатни клуб президенти ёки жамоа сардори ёзса ярашар эди,Азим дегани узи акаси Одилнинг ёрдами билан уйнаб юрган урта мёнадан хам паст уйинчи, ха майли узини бир курсатмокчи булибдида,эътибор берманг,бизда хар хил одамлар борда.