
Aziz G‘aniev "Shabab Al-Ahli"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi!
Hamyurtimiz Aziz G‘aniev harakat qilayotgan BAAning "Shabab Al-Ahli" klubi oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Unda legionerimiz Aziz G‘aniev 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Vakilimiz oktyabr oyidagi barcha o‘yinlarda to‘liq harakat qilib, 1 ta gol va 1 assistga mualliflik qildi.
Ayni paytda G‘aniev milliy terma jamoamiz yig‘iniga jalb etilgan.
Fikrlar