Azizbek Abdug‘ofurov navbatdagi raqib sifatida nega Fyodor Chudinovni tanladi?

  • 6 aprel, 2022, 11:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida faoliyat hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov (13-1, 5 KO) bir necha muddat tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytishi haqida xabar bergan edik. 

Tecno

 Abdug‘ofurov 29 aprel kuni Rossiyaning Moskva shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida mezbon bokschi, sobiq WBA Gold kamari egasi, WBC reytingida 12, WBO reytingida 10-pog‘onani egallab turgan Fyodor Chudinovga (25-2-1, 17 KO) qarshi jang o‘tkazadi.

Ma’lumki, hamyurtimiz so‘ngi jangida yana bir rossiyalik Pavel Silyaginga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Biz bokschimizdan mazkur faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatdan so‘ng, yana jiddiy raqibga qarshi ringga ko‘tarilishi va tayyorgarlik borasidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

-  Menejerimiz Vikram Svapragasam tomonidan navbatdagi raqibim sifatida bir nechta bokschilar taqdim etildi. Bir qator Afrika vakillari, rossiyaliklar bor edi. Ular orasida Fyodor Chudinovni tanladim. Sababi, u hozirda reytingda kuchli 10 talikdan o‘rin olgan. Uni mag‘lub eta olsam, reytingdagi holatim yana yaxshilanadi. Qolaversa, o‘zimni uslubimga mos raqib, o‘ylaymanki jang qiziqarli bo‘ladi va nasib qilsa g‘alaba qozonaman. 

Tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. Andijonda Jasur Qurbonov, Sardor Razzoqov, Mars Qo‘chqorov, Aleksandr Razmaxov qo‘l ostida ushbu jangga hozirlik ko‘rmoqdaman. Jismoniy holatim a’lo darajada va bu safar g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq juda kuchli, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, g‘alaba qozonib, barcha o‘zbekistonlik boks ishqibozlarini xursand qilaman, degan umiddaman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!