Azizbek Abdug‘ofurovning keyingi raqibi afrikalik bokschi bo‘ladi
Professional bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov o‘zining navbatdagi jangini 17 mart kuni Malayziyaning Selangor shahrida o‘tkazadi. Jang sakkiz raund etib belgilangan.
Mazkur bellashuvda hamyurtimizga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Alfonso Tissen raqiblik qiladi. Bu bokschi 2013 yil professional ringga kirib kelgan va shu vaqtga qadar 13 ta jangdan 10 tasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 1 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.
Azizbek hisobida esa 9 ta jang bo‘lib, bokschimiz ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 4 tasi nakautdir.

Fikrlar