Azizbek Turg‘unboevning transfer narxi ko‘tarildi
Jahonga mashhur transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasida o‘ynayotgan futbolchilar narxini yangiladi.
Mazkur portalning Top-10 ligidan “Navbahor”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboev ham o‘rin oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Turg‘unboev yakunlangan mavsumda Superliga – 2020 bahslarida 25 o‘yinda maydonga tushib, 2116 daqiqa harakatlangan va 8 ta gol urgan holda, bitta golga assistentlik qildi. O‘zbekiston kubogida esa futbolchi 2 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, transfermarkt portali tomonidan Azizbek Turg‘unboevning transfer narxiga 150 ming evro qo‘shilib, transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning transfer narxi ayni paytda 700 ming evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar