
Azmun kelajagi haqida bir qarorga keldi
RMS Sport xabariga ko‘ra, «Zenit» hujumchisi Sardor Azmun mavsum oxirigacha klub safida qoladi.
Futbolchi hali ham «oq-havoranglilar»ni tark etishni xohlaydi. Ammo «Zenit» rahbariyatida uni mavsumning eng qiyin pallasida qo‘yib yuborish niyati yo‘q.
27 yoshli forvardning Sankt-Peterburg klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, shundan so‘ng u erkin agent maqomini oladi. Eronlik hujumchiga «Yuventus» va «Lion» klublari qiziqmoqda.
Sardor Azmun joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar