
BAA chempionati. Bugun Erkinov jamoasi Shukurovning sobiq klubiga qarshi saf tortadi, yana ikki legionerimiz esa...
Bugun BAA chempionatida 13-tur o‘yinlariga start beriladi. Unda legionerlarimiz harakat qiladigan jamoalar ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Jumladan, Hojimat Erkinov to‘p tepadigan "Al-Vahda" klubi o‘z maydonida "Sharja" bilan kuch sinashadi. Mehmonlar safida Otabek Shukurov harakat qilgani ko‘pchilik muxlislarimiz yaxshi bilishadi.
Yana ikki legionerimiz Aziz Amonov va Abdulla Abdullaev o‘ynaydigan "Xor Fakkan" klubi o‘z uyida "Ittihod Kalba" bilan kuch sinashadi. Ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan bir xil 18:25 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Al-Vahda" ayni payt 20 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi. "Xor Fakkan" esa 13 ochko to‘plagan holda 10-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar