BAA kubogi. "Al-Vahda" yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

  • 7 mart, 2024, 23:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

BAA kubok yarim finalidan o‘rin olgan javob bahsida "Al-Vahda" "Al-Vasl"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub qildi. 

O‘yinda Pimento, Xarbin, Fakundo va Ahmad bittadan gol urdi. Hojimat Erkinov esa 77-daqiqada zaxiraga olindi. Vinger sheriklariga 22 ta pas bergan bo‘lsa, ulardan 19 tasi aniq bordi. Shuningdek, ikki marta muvaffaqiyatli dribling ham ishlatib, 6 ta duelda g‘olib chiqdi. 

Ma’lumot uchun, dastlabki uchrashuvda "Al-Vasl"ning qo‘li baland kelgandi. Klub BAA chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi. 

"Al-Vahda" 4:0 "Al-Vasl" (5:2)

Shuni ham ta’kidlash kerak, "Al-Vasl" chorak finalda "Shabab Al-Ahli"ni umumiy 6:2 hisobida taslim qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!