Babayan jamoasi uchun qulay raqib yoxud "Navbahor" Namanganda hech qachon "Surxon"ga yutqazmagan!

  • 28 mart, 2024, 14:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.   

Tecno

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 34 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 24 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 84-24, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 76 ochko, “Surxon” esa 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 34 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan. 

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 17 marta kuch sinashishgan (2019 yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 16 ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham).

Fakt: “Surxon” Namanganda hali ochko ololmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 55 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4 ta to‘p kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 31 mart kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!