
Babayan: "Navbahor" - hozir O‘zbekistonning eng mashhur klubi!" (matbuot anjumanidagi fikrlar)
Osiyo Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mumbay Siti" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda namanganliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdan so‘ng "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Assalomu alaykum hammaga! Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. "Navbahor" chempionlar ligasida o‘z maydonida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Yangi tarix yaratilayotgani bilan muxlislar va viloyat hokimini ham qutlab qolaman.
Bugun raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Garchi hisob 3:0 bilan tugagan bo‘lsada, biz maydonda katta kuch sarfladik. Bu mavsum chempionlar ligasida qiziq mavsum o‘tkazishimizga shubha qilmayman.
Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Dastlabki bo‘limda hujumga o‘tishda muammolarga duch keldik. Shu tufayli standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qildik. Ostonning zarbasi ham gol bilan yakunlanmadi, afsuski.
Ikkinchi taym oldidan esa futbolchilar agressivroq, dadilroq o‘yin namoyish etish lozim ekanini tushunib etishdi.
Biz har doim har qanday vaziyatda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Tanaffusda shogirdlarimga g‘alaba qozonishimiz kerakligini uqtirdim. Keyinchalik ham maqsadimiz shunday bo‘lib qoladi.
Biz qaytdik. "Navbahor" - hozir O‘zbekistonning eng mashhur klubi.
E’tiborimizni "Buxoro" bilan o‘yinga qaratganmiz. Hozir faqat shu bahs haqida bosh qotirishimiz kerak. OChLdagi 3-tur uchrashuviga kelsak, o‘sha vaqtda bu haqda o‘ylashga etarlicha vaqtimiz bo‘ladi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar
ОЛГА НАВБАХОР