Babayan shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi

  • 3 oktabr, 2020, 18:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Samvel Babayan Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyi sifatida navbatdagi o‘yinni o‘tkazdi.

Tecno

Tszya-ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Chanchun Yatay" - "Sintszyan Tyanshan" bellashuvi 4:1 hisobida Babayan shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. "Nanlin" stadionida kechgan bahsda mezbonlar futbolchisi Zagar Long xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Lukas de Souza bir to‘p kiritdi. Mehmonlar esa bunga Abdulla Abduvalning bitta goli evaziga javob qaytara oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin chanchunliklar onlayn turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!