
Babayanning jamoasi peshqadamlikni boy berdi
Samvel Babayan Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyi sifatida navbatdagi o‘yinni o‘tkazdi.
Tszya-ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Chanchun Yatay" - "Chjentszyan Xuasa" bellashuvi 0:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 78-daqiqada Ruan Yan tomonidan kiritildi.
Ushbu natijadan keyin chanchunliklar onlayn turnir jadvalida 8 ochko jamg‘argan holda, uchinchi o‘ringa tushib qoldi.
Fikrlar