Bahodir Jalolov bugungi g‘alabasidan so‘ng nimalar dedi?

  • 2 avgust, 2024, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida +92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov chorak finalda avstraliyalik Teremoana Juniorni mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l oldi.

Bokschimiz ushbu g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Raqibim bilan avval ham jang qilganman, u juda yaxshi bokschi, kuchli bokschi. Agar u qur’ada qarama-qarshi tarafda bo‘lganida, u bilan finalda uchrashardik deb o‘ylayman. Lekin ushbu jangda g‘alaba qozondik, hammasi Allohdan. Bu g‘alabam butun O‘zbekistonni g‘alabasi. Hali to‘xtab qolmayman, bu erga faqat oltin medal uchun kelganman.

Eslatib o‘tamiz, eng og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz endi yarim finalda 7 avgust kuni  germaniyalik Nelvie Tiafakka qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdug'aniyev Abdulloh
03/08/2024 00:00
Omad, Alloh kuch-quvvat bersin+oltin ham:)