
Bahodir Jalolov "Stranja" turnirining navbatdagi chempioni!
"Stranja" turniri finaliga yo‘l olgan so‘ngi vakilimiz +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov ukrainalik Tsone Rogava bilan turnir chempionligi uchun o‘zaro jang olib bordi.
Malumki, -69 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Bobousmon Baturov ham ukrainalik Evgeniy Barabanovni mag‘lub etgan edi. Shu nuqtai nazardan ukrainaliklar revansh olish uchun bor imkoniyatini ishga solishi ma’lum edi. Biroq, yurtdoshimiz bunga imkon bermadi va uch raund davomida raqibiga imkoniyat qoldirmagan holda, 4:1 hisobida jangni o‘z foydasiga hal qildi.
Shu tariqa finalga yo‘l olgan har uch vakilimiz g‘alaba qozonib, delegatsiyamizga oltin medallarni taqdim etdi.
Fikrlar