Bahodir Jalolovning raqibi jangga 2 kun qolganida o‘zgardi

  • 14 mart, 2019, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolov 15 mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq qarama-qarshilikka 2 kun qolganida raqib o‘zgardi.

Ma’lum bo‘lishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga yurtdoshimiz amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi. Jang sanasi o‘zgarmagan. Bo‘lajak to‘qnashuvga Kaliforniya shtati mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
zohir_t
14/03/2019 13:09
Raqibni qara karl, bir qop kashaku)