
Bahrom Abdurahimov pro liga jamoasi bilan shug‘ullanyapti (foto)
“Nasaf” klubida faoliyat olib borgan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov bu yilgi chempionatni pro ligada boshlashga yaqin turibdi. Jumladan, futbolchi ayni paytda “Qo‘qon-1912”ning Toshkentdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Yaqinda klub vitse-prezidenti Akromjon Mamadaliev intervyu berib, O‘zbekistondagi mashhur o‘yinchilardan biri bilan muzokara olib borilayotganini aytgandi. Bu esa Bahrom Abdurahimov bo‘lib chiqdi. Hozirda muzokaralar yakuniy pallasida va tez orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Fikrlar