
Bahrom Haydarov: 3 oylik tanaffusda so‘ng o‘yin tempiga kirishib ketish qiyin bo‘lmoqda
Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Surxon” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uzoq tanaffusdan so‘ng jamoalarga o‘yin tempiga kirishib ketishi qiyin bo‘lmoqda. Ikkita to‘p o‘tkazib yuboragnimiz juda ham alamli bo‘ldi, lekin yigitlar o‘zlarida kuch topib, 1 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, xulosalar chiqaramiz.
“Mash’al” tartibli jamoa sanaladi va afsuski, qarshi hujumlarda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz. Ushbu xatolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etamiz.
Futbolchilar 3 oy davomida individual mashg‘ulotlar olib borishdi. Baribir, prfessional futbolchi yakka tartibda shug‘ullangani bilan jamoaviy mashg‘ulot o‘tkazmagan. 12 kun jamoaviy mashg‘ulotlar olib bordik xolos. Shu bois, futbolchilarningn sport formasida emasligi tabiiy hol”, - dedi Haydarov.
Fikrlar