Balog‘unning chetlatilishini kim bekor qilgani ma’lum bo‘ldi. U Tramp emas

  • 13.07.2026 14:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati‑2026 oldidan AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga qo‘llanilgan avtomatik diskvalifikatsiyani bekor qilish bo‘yicha qarorni FIFA intizom qo‘mitasi raisi Moxammed al‑Kamali (BAA) yakka o‘zi qabul qilgani ma’lum bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, u ushbu qarorni chiqarish jarayonida qo‘mitaning qolgan 17 nafar a’zosi bilan maslahatlashmagan. Eslatib o‘tamiz, Balogun 1/16 final bosqichida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi o‘yinda (2:0) to‘g‘ridan‑to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Amaldagi qoidalarga binoan, u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Bu bellashuvda AQSh Belgiya qarshi maydonga tushishi belgilangan edi.

Shunga qaramay, FIFA avtomatik diskvalifikatsiyani vaqtincha to‘xtatib, futbolchiga bir yillik sinov muddati belgiladi. Shu sababli Balogun 1/8 final uchrashuvida asosiy tarkibdan joy oldi va 90+2‑daqiqada maydonni tark etdi. Ushbu o‘yinda AQSh 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Balogunning diskvalifikatsiyasi masalasini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab FIFAga murojaat qilganini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!